Signallar va Soat ilovasidan foydalanish usuli
Signallarni o‘tkazish yoki kechiktirish
Signallar ilova yopiqligida, ovoz o‘chirilganda, ShK bloklanganda (InstantGo o‘rnatilgan yangi noutbuk yoki planshetlarda) yoki Uyqu rejimida bo‘lganda ham chalinadi.
Lekin ular ShKingiz kutish rejimiga qo‘yilganda yoki yoki o‘chiqligida ishlamaydi. ShKingiz kutish rejimiga tushib qolmasligi uchun u quvvat manbaiga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Signallarni o‘tkazish yoki kechiktirish uchun:
Qalqib chiquvchi xabarnomada O‘tkazib yuborish ni tanlang va uni o‘chiring yoki biroz vaqtdan so‘ng chlinishi uchun Kechiktirish ni tanlang.
Xabarnoma ochmasingizdan yopilib qolsa, uni ro‘yxatda ko‘rish uchun qo‘llab-quvvatlash markazi ikonachasini tanlang, u quyi o‘ng burchakda joylashgan va uni o‘sha yerdan tanlang.
Ekraningiz bloklangan bo‘lsa, signal xabarnomasi bloklash ekrani yuqorisida paydo bo‘ladi va uni o‘sha yerdan o‘chirishingiz mumkin.
Qanday yangiliklar bor
Signallar va Soat ilovasi signal soatini xalqaro soat, taymer va sekundomer bilan birlashtiradi. Bu yerda ushbu ilova bilan bajarishingiz mumkin bo‘lgan amallar berilgan:
Ekran bloklanganda yoki ovoz o‘chirilganda ham signallarni eshiting, kechiktiring va o‘tkazib yuboring
O‘z musiqalaringizdan turli signal ohanglarini tanlang
Butun dunyodagi vaqt bilan solishtiring
Xalqaro soatlar
BU yerda joylashuv qo‘shish va butun dunyodagi vaqtlar bilan solishtirish usuli berilgan:
Signallar va Soat ilovasida Xalqaro soat ni tanlang va undan so‘ng pastda Yangi + ni tanlang.
Kerakli joy nomining birinchi bir nechta harfini kiriting va undan so‘ng uni pastga ochiladigan ro‘yxatdan tanlang. Agar Sizga kerakli nomni topa olmasangiz, bir xil vaqt mintaqasidagi boshqa joy nomini kiriting.
Solishtirish uchun yangi vaqtni tanlash uchun Vaqtni solishtirish ni tanlang (pastdagi 2 ta soat) va undan so‘ng slayderni suring. Slayder ko‘rsatayotgan joyni o‘zgartirish uchun xaritada joylashuvni tanlang.
Vaqtni solishtirish rejimidan chiqish uchun Orqaga tugmasini tanlang yoki quyidagini bosing: Esc.