Microsoft Edge-da veb-saytga ishonish yoki ishonmaslikni qanday bilaman?
Agar Microsoft Edge brauzerining veb-sayt manzili yonida qulf tasviri tushirilgan tugmani ko‘rsangiz, bu quyidagini anglatadi:
Veb-saytdan yuborgan yoki qabul qilgan ma’lumotlaringiz shifrlangan va shifrlash ushbu ma’lumotning boshqalar o‘g‘irlashini qiyinlashtiradi.
Veb-sayt tasdiqlangan degani, u tegishli bo‘lgan kompaniyada egalik haqidagi sertifikat borligini bildiradi. Saytga kimga tegishli ekanligini va uni kim tasdiqlaganligini ko‘rish uchun qulf tasviri tushirilgan tugmani cherting.
Kul rang qulf tasviri veb-sayt shifrlangan va tasdiqlanganligini bildirsa, yashil rangdagisi esa Microsoft Edge ushbu veb-saytni juda ishonchli deb baholashini anglatadi. Buning sababi u yanada qat’iyroq shaxsni tasdiqlash jarayonini talab qiladigan Kengaytirilgan Tasdiqlash (EV) Sertifikatidan foydalanadi.